Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 8-noyabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishRabota artilleriyskogo rascheta ChVK "Vagner" pod Baxmutom v DNR
Rabota artilleriyskogo rascheta ChVK Vagner pod Baxmutom v DNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari tanklar yordamida hujumga o‘tish, diversion razvedka guruhlari jo‘natish taktikasini davom ettirdi, lekin ko‘p sonli yo‘qotishlar bilan o‘z pozitsiyalariga chekinishga majbur bo‘ldi.
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

LXR, Kupansk yo‘nalishi Kuzemovka aholi punkti yaqinida Ukraina QKning motoo‘qchi batalonining tanklar yordamida amalga oshirgan hujumi Rossiya QK va artilleriyasi yordamida qaytarildi.
Xarkov viloyatining Berestovoe va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida hujumga o‘tmoqchi bo‘lgan Ukraina QKning ikkita rotasi-taktik guruhi armiya aviatsiyasi zarbalariga uchradi.
Ukraina QKning kun davomida Kupansk yo‘nalishidagi umumiy yo‘qotishlari 160 dan ortiq harbiy xizmatchilar, ikkita tank, uchta BMP va ikkita avtomashinani tashkil qildi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida, LXRning Ploshchanka va Chervonopopovka aholi punktlari yaqinida Ukraina QKning ikkita batalon-taktik guruhi hujumi qaytarildi. Harbiy harakatlarda Ukrainaning 100 dan ortiq askari, uchta tanki, beshta zirhli jangovar mashinasi, bitta MT-LB, ikkita pikap va ikkita yengil avtomobili yo‘q qilindi. Rossiya tomonidan aviatsiya va artilleriya bo‘linmalari qo‘llanildi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida dushman kuchlari ikki marotaba qarshi hujumga o‘tishga urindi. Berilgan zarbalar natijasida 90 ga yaqin ukrainalik harbiylar, beshta zirhli jangovar mashina, bitta MT-LB va ikkita pikap yo‘q qilindi.
Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida Ukraina diversion razvedka guruhlarining 9ta urinishi to‘xtatildi, 50 dan ortiq ukrainalik harbiylar va millatchilar, yettita zirhli jangovar mashina va o‘nta mashina yo‘q qilindi.
Rossiya Qurolli kuchlarining aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi DXRning Krasniy Liman, Terni, Xarkov viloyatining Kruglyakovka, Cherneshchina aholi punktlari tumanlarida dushmanning to‘rtta qo‘mondonlik punktlariga zarba berdi, 64 ta artilleriya bo‘linmasi o‘q otish joylari, shaxsiy tarkib va harbiy texnika joylashgan 192 ta manzilga zarba berdi.
Zaporojye viloyati Kushchove, Lugansk Xalq Respublikasidagi Nevskoe va Xerson viloyatidagi Visokopolie aholi punktlari hududlarida joylashgan uchta o‘q-dori va raketa va artilleriya qurollari ombori, shuningdek, Qurolli Kuchlarning harbiy texnikasi, shuningdek Dnepropetrovsk viloyati Lichkovo aholi punkti yaqinida yoqilg‘i ombori yo‘q qilindi.
Nikolayev viloyati Pervomayskoe aholi punkti hududida Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasining radar stansiyasi yo‘q qilindi. Nikolayev viloyatining Visunsk aholi punkti hududida Ukrainaning "Buk-M1" zenit-raketa majmuasi yo‘q qilindi. Xarkov viloyatining Ivanovka aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-64 artilleriyaga qarshi kurash quroli yo‘q qilindi.
DXRning Antonovka, Xerson viloyatiningChervonon va Belyayevka aholi punktlari hududlarida artilleriyaga qarshi janglarda Ukraina Qurolli kuchlarining uchta artilleriya vzvodiga zarba berildi.
Xerson viloyatidagi Novovoskresenskoe qishlog‘i yaqinida Rossiya qiruvchi samolyotlari Ukraina harbiy-havo kuchlarining Mi-24 vertolotini urib tushirdi.
Donetsk Xalq Respublikasining Ugledar qishlog‘i hududida Ukrainaning Su-25 samolyoti havo mudofaa kuchlari yordamida urib tushirildi.
LXRning Novokrasnyanka, Glotovka, DXRning Novoselivka, Nikolayev viloyatining Lotskino, Xerson viloyatining Kachkarovka va Stepovoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning yettita uchuvchisiz apparati havoda yo‘q qilindi.
Shuningdek, DXRning Gruzsko-Lomovka, Xerson viloyatining Antonovka, Chernobayevka, Krinki va Maslovka aholi punktlari hududlarida HIMARSva “Olxa” raketa tizimlarining 17 ta raketasi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 332 ta samolyoti, 171 ta vertoloti, 2 465 ta uchuvchisiz uchish apparati, 388 ta zenit-raketa tizimi, 6 448 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalari, 884 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 3,56 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7127 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0