O‘zbekiston MDH Xalqaro maktab sporti festivalida ishtirok etadi

© Mejparlamentskaya Assambleya SNGNa Issik-Kule zavershil rabotu VII Mejdunarodniy kulturno-obrazovatelniy forum "Deti Sodrujestva"
Na Issik-Kule zavershil rabotu VII Mejdunarodniy kulturno-obrazovatelniy forum Deti Sodrujestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Obuna bo‘lish
Festivalda MDHning 10ta davlatida 400 dan ortiq maktab o‘quvchilari ishtirok etadi. Musobaqa haqida batafsil maqolamizda tanishing.
TOShKENT, 9 noya Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi MDHga a’zo davlatlarning X Xalqaro maktab sporti festivalida ishtirok etishni rejalashtirapti. Musobaqa MDH Parlamentlararo Assambleyasi ko‘magida 15-20 noyabr kunlari Ufa shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shunday qilib, festivalda O‘zbekistondan tashqari Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalari tarkibida 400 dan ortiq maktab shiuvchilari ishtirok etadi.
Musobaqa doirasida ishtirokchilar mini-futbol, voleybol, 3x3 basketbol, stol tennisi, badminton, shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadi.
Ishtirokchilar uchun boy madaniy-ma’rifiy dastur ham tashkil etilgan: ekskursiyalar, Boshqirdiston xalqlarining madaniyati va an’analari bilan tanishish, taniqli sportchilardan mahorat saboqlari, filmlar namoyishi va diskotekalar.
“Bunday musobaqalarga kelgan maktab o‘quvchilari nafaqat yangi do‘stlar orttirishadi, balki boshqa mamlakatlar madaniyati, Rossiya aholisining an’analari va hayoti bilan tanishadilar va eng muhimi, bizga, kattalarga bir xil tilda gapirish va do‘stona munosabatlarimizni mustahkamlashga yordam berishadi”, deydi RF Federal Majlisi Davlat Dumasi qo‘mitasi raisining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, MDH PAAning madaniyat, axborot, turizm va sport bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Irina Rodnina.
Eslatib o‘tamiz, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida Xalqaro maktab sporti festivalini o‘tkazish tashabbusi 2012-yilda Butunrossiya maktab sporti federatsiyasi tomonidan ilgari surilgan va MDH Parlamentlararo assambleyasi, MDH Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha federal agentlik, xorijda yashovchi vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik (Rossotrudnichestvo), Rossiya Sport vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
2013 yildan buyon tadbir har yili Rossiyaning turli mintaqalarida o‘tkazib kelinadi. 2018-yilda ilk bor festivalda Rossiyada yashovchi MDH xalqlari diasporalarining maktab jamoalari ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0