O‘zbekiston Vengriyaga qaysi sohalarda hamkorlik qilishni taklif qilmoqda

© Press-slujba Minselxoza UzbekistanaMinistr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Djamshid Xodjayev
Ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Djamshid Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri vengriyalik hamkorlar tajribasi va ilg‘or texnologiyalarini tadbiq etish mumkin bo‘lgan bir qator yo‘nalishlarni sanab o‘tdi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti doirasida O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum ikki davlat o‘rtasidagi sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida o‘zaro munosabatni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan.
Forumda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va boshqalar ishtirok etishapti.

“O‘zbekiston va Vengriya davlatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar tufayli ikki tomonlama hamkorlik misli ko‘rilmagan cho‘qqilarga yetmoqda. O‘zaro savdo hajmlarimiz jadal ravishda o‘smoqda. 5-yil davomida 3 baravarga oshdi. Qo‘shma korxonalar soni 15 taga yetdi va investitsiyalar hajmi oshib bormoqda. 2022-yilda 30 mln dollardan oshdi”, - dedi Xodjayev forumda so‘zlagan nutqida.

U vengriyalik hamkorlarning tajribasi va ilg‘or texnologiyalarini tadbiq etish mumkin bo‘lgan bir qator yo‘nalishlarni sanab o‘tdi.
Xususan, mineral resurslardan foydalanish va ularni qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalarni tashkil etish, avtomobil ishlab chiqarish, farmatsevtika sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda katta imkoniyatlar bor.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z chiqishida forum ikki tomon biznes vakillari uchun har tomonlama foydali hamda manfaatli bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Vengriya tashqi savdo va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ham bugungi uchrashuvlar samarali bo‘lishiga ishonishini aytdi.

“Vengriya Yepropa bo‘yicha iqtisodiyoti ochiq bo‘lgan davlatlardan biri hisoblanadi. Shu ma’noda O‘zbekiston taklif etayotgan loyihalar, turli imtiyozlarni mamnunlik bilan qabul qilishga, hamkorlikda ish olib borishga tayyormiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar barqaror davom etishiga harakat qilamiz”, - dedi Siyarto.

Forum davomida o‘zbekistonlik tadbirkorlar Vengriya tashqi savdo va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto boshchiligidagi 60 dan ortiq venger kompaniyalari vakillari bilan muzokaralarni o‘tkazishadi. Ikki tomonlama muzokaralar natijasida investitsiyaviy va savdo kelishuvlari imzolanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0