Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiyaning harbiy salohiyatiga past baho bermaslik kerak – Stoltenberg

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGeneralniy sekretar NATO Yens Stoltenberg
Generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
NATO bosh kotibining fikricha, Ukraina shaharlariga zarba berish uchun Rossiyaning hali ham imkoniyati va kuchi bor.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya past baholab bo‘lmaydigan qudratli harbiy salohiyatga ega. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ta’kidladi.

“Rossiyani past baholamasligimiz kerak. Ukraina shaharlariga zarba berish uchun uning hali ham imkoniyati va kuchi bor. Biz dronlar va raketa zarbalarini ko‘rdik. Bu Rossiya hali ham ko‘p zarar keltira olishini ko‘rsatadi”, - dedi u Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiya Qurolli kuchlari raketa zarbalarini Qrim ko‘prigida sodir etilgan teraktdan ikki kun o‘tib, 10-oktabrda boshladi. Ular Xarkov va Kiyevdan Lvov va Ivano-Frankovskgacha bo‘lgan butun mamlakat bo‘ylab energetika, mudofaa sanoati, harbiy qo‘mondonlik va aloqa vositalariga qaratildi.
Zarbalar dronlar yordamida ham yetkaziladi. RIA Novosti manbalariga tayanib, maxsus operatsiya boshlanganidan beri Rossiya qo‘shinlari Ukrainada bir necha yuzlab “Lanset” va “Kub” dronlaridan foydalanganini xabar qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘prikdagi portlash bilan Kiyev o‘zini eng jirkanch terrorchilik guruhlari bilan tenglashtirganini va bunday jinoyatlarni javobsiz qoldirishning iloji yo‘qligini ta’kidlagan.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0