Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi - video

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s Ilxamom Aliyevim v Samarkande
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Ilxamom Aliyevim v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbkiston va Ozarbayjon avtomobil sanoati, qishloq xo‘jaligi, energetika, kimyo va neft-kimyo sohalarida hamkorlik loyihalarini tezlashtirishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 10 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti arafasida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.
"Ikki mamlakat yetakchilari avtomobil sanoati, qishloq xo‘jaligi, energetika, kimyo va neft-kimyo tarmoqlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikning aniq loyihalarini tezlashtirishga intiladilar, - deyilgan xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNa polyax sammita Organizatsii turkskix gosudarstv proxodit vstrecha Prezidentov Uzbekistana i Azerbaydjana
Na polyax sammita Organizatsii turkskix gosudarstv proxodit vstrecha Prezidentov Uzbekistana i Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Na polyax sammita Organizatsii turkskix gosudarstv proxodit vstrecha Prezidentov Uzbekistana i Azerbaydjana
Ushbu uchrashuv Shavkat Mirziyoyevning 10-noyabrda o‘tkazgan ikkinchi oliy darajali rasmiy uchrashuv bo‘ldi. Biroz oldin O‘zbekiston prezidenti Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokara o‘tkazgan edi. Unda tomonlar sanoat, kimyo tarmog‘i, farmatsevtika, bank-moliya, transport va logistika sohalarida faol ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0