Turkiy davlatlar tashkilotiga yangi bosh kotib tayinlandi

© press-slujba MID KRPosol Kirgizstana v Tursii Kubanichbek Omuraliyev
Posol Kirgizstana v Tursii Kubanichbek Omuraliyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi vazifasini bajarib kelgan Amreyev Bog‘dod Kultayevichning vakolat muddati tugadi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Turkiy davlatlar tashkilotiga Omuraliyev Kubanichbek Qosimovich yangi bosh kotib etib tayinlandi.
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi vazifasini bajarib kelgan Amreyev Bog‘dod Kultayevichning vakolat muddati tugadi.
Ma’lumot uchun, tashkilot Bosh kotibligi muddati — uch yil.
Omuraliyev 62 yoshda. U Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Hozir u Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0