BAA aeroportlarida uchar taksilar paydo bo‘ladi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishAbu-Dabi
Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Obuna bo‘lish
Abu-Dabi aeroportlarida odam va yuklarni tashish uchun uchar taksilar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti.
TOShKENT, 11 noya - Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) poytaxti Abu-Dabidagi aeroportlar odamlar va yuklarni tashish uchun elektr vertikal uchish va qo‘nish taksilarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti BAA havo bandargohlari boshqarmasiga asoslanib, xabar berdi.
“Aeroportlar va Fransiyaning Groupe ADP kompaniyasi Abu-Dabida Advanced Air Mobility elektr taksilari uchun yer usti infratuzilmasini birgalikda rejalashtirish, loyihalash, ishlab chiqish va foydalanishda ishtirok etadi”, - deyiladi xabarda.
Rahbariyatning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda yo‘lovchilar amirlikning xalqaro aeroportiga uchib kelib, so‘ngra uylariga uchar elektr taksida qaytishlari mumkin bo‘ladi.
Avvalroq BAA rasmiylari Dubaydagi Gitex Global xalqaro texnologiya ko‘rgazmasida uchar motosikllarni taqdim etgan edi. 2023-yilda Aerwins va uning Abu-Dabidagi hamkori ularni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0