O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlik kompaniyalari hamkorlik qilishga kelishib olishdi

© "Dunyo" AA O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlik kompaniyalari
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlik kompaniyalari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat Ipak yo‘li brendini targ‘ib qilish, Samarqand va Farg‘ona shaharlariga qo‘shma sayohat safarlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Olmaotada O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida 12 million dollarlik sayyohlik xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha hujjatlar imzolandi. Bu haqida "Dunyo" AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Olmaotada O‘zbekistonning "Dilrabo Travel" va "Pamir Travel" kompaniyalari Qozog‘istonning "Tumar Trans" kompaniyasi bilan sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
Hamkorlikka Farg‘ona viloyati delegatsiyasining qo‘shni mamlakat yetakchi sayyohlik kompaniyalari va tashkilotlari bilan uchrashuvi doirasida kelishib olindi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston tomoni Farg‘ona viloyatining sanatoriya-kurort tizimi salohiyati haqidagi ma’lumotlarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, marosim ishtirokchilariga Shohimardon, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarining sayyohlik salohiyati haqidagi videomateriallar, jumladan, "Boqiy shahar" videoroligi namoyish etildi.
Qozog‘iston Turizm sanoati Milliy assotsiatsiyasi prezidenti Raushan Shomil qo‘shma loyihalar yaratish, Ipak yo‘li brendini targ‘ib qilish, Samarqand shaharlariga qo‘shma sayohat safarlarini tashkil etish uchun turizm sohasida ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish zarur ekanligini qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0