Talabalar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Obuna bo‘lish
Mazkur tartib bakalavriat, magistratura, o‘qishini ko‘chirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun qo‘llaniladi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt to‘lovlarini to‘lashning so‘nggi muddati 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Mazkur tartib bakalavriat, magistratura, o‘qishini ko‘chirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun qo‘llaniladi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chiriyotgan talabalar ham belgilangan kungacha to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Ular uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘lov-kontrakt miqdorining oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgandi. Unda ushbu masala rasmiy e’lon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan ta’lim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishi asossis ekanligi qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0