Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 11-noyabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / © Sputnik / RIA Novosti / Pereyti v fotobankrossiyskie voyennie
rossiyskie voyennie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining 30 ming askari va 5 mingga yaqin harbiy texnikasi Dnepr darosinining chap qirg‘og‘iga yo‘qotishsiz o‘tkazildi.
TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan maxsus operatsiyaning o‘tgan sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

️Xerson yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari bo‘linmalarini Dnepr darosining chap qirg‘og‘iga ko‘chirish operatsiyasi 11-noyabr kuni tong soat 05:00 da yakunlandi.
Dnepr darosining chap qirg‘og‘iga jami 30 ming nafar shaxsiy tarkib hamda 5 mingga yaqin harbiy texnika birliklari ko‘chirib o‘tkazildi.
Qayta dislokatsiya qilish davomida qo‘shinlar va texnika orasida yo‘qtishlar bo‘lmadi. Qo‘shinlar oldindan tayyorlangan pozitsiyalarga joylashdi.
K️o‘chish davomida Rossiya artilleriyasi, aviatsiyasi dushmanni Dneprdan o‘tish joyidan 30-40 kilometr masofada to‘xtatib turdi.
Q️o‘shinlar evakuatsiyasi davomida RF Qurolli Kuchlari Ukrainaning tomonidan uchirilgan 33 ta HIMARS raketasini qaytardi.
Rossiya qo‘shinlarining Dneprdan o‘tishiga xalal bergan ️20 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar mina maydonlarda portlab ketdi.
️Janubiy-Donetsk yo‘nalishida qarshi hujumga o‘tmoqchi bo‘lgan 65 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
️Krasno-Limanskiy yo‘nalishida Rossiya qurolli kuchlari Ukraina armiyasining ikkita motorli piyoda rotasi va polshalik yollanma askarlarning hujumini bartaraf etdi, 90 nafargacha jangari halok bo‘ldi va yaralandi.
️Ukraina qo‘shinlari Nova Kaxovka aholi punkti chekkasiga hujum qildi, tinch aholi turar-joy binolarini vayron qildi, dedi shahar hokimiyati.
️Uzoq qamaldan so‘ng, Avdeyevka mustahkamlangan hududining janubiy qismiga yaqinlashishlarni qoplagan Opitnoe qishlog‘idan Ukraina qurolli tuzilmalari qochib ketdi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari Zaporoje viloyati Mirovka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertolotini urib tushirdi.
LXR Havo hujumidan mudofaa tizimlari Golikovo, Krasnorechenskoe, Krivosheyevka, DXRning Makarovka, Nikolskoe va Kirillovka aholi punktlari hududlarida bir sutkada yettita uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 333 ta samolyoti, 174 ta vertoloti, 2486 ta uchuvchisiz uchish apparati, 388 ta zenit-raketa majmuasi, 6511 ta tanki va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 885 ta ko‘p raketa tizimlariga, 3569 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7166 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0