Xiva shahri hokimi jarimaga tortildi

© Xorazm viloyati hokimligiTemur Davletov
Temur Davletov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2022
Obuna bo‘lish
Temur Davletov ish faoliyati davomida o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi kamchiliklar sabab jarimaga tortilgan.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Xorazm viloyatining Xiva shahri hokimi Temur Davletov o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat hokimi Farhod Ermanovning tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Davletovning jarimaga tortilishiga ish faoliyati davomida o‘z vazifasiga mas’uliyatsizligi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi kamchiliklari sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Temur Davletov 2020-yil dekabr oyidan buyon Xiva shahri hokimi sifatida ishlab kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0