Istanbuldagi portlashga aloqadorlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

© Sputnik / Maksim Durnev / Mediabankka o‘tishV sentre Stambula progremel vzriv
V sentre Stambula progremel vzriv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
Istanbul markazida portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Turkiya politsiyasi Istanbulning Istiqlol ko‘chasida bomba qoldirishi mumkin bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi, deya ma’lum qildi Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu. Bu haqda TRT World telekanali xabar berdi.
“Bombani qoldirgan shaxs ushlandi”, - degan vazir Soylu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar portlash ortida Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tashkiloti va kurdlarning Xalq mudofaasi kuchlari (YPG) turganini ko‘rsatmoqda.
KIP va YPG Turkiyada terrorchilik tashkiloti sifatida tan olingan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13-noyabr kuni tushdan keyin Istanbul markazidagi sayyohlarning sevimli ko‘chasi Istiqlolda portlash sodir bo‘ldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, oqibatda olti kishi halok bo‘lgan. Istanbul Bosh prokuraturasi voqea yuzasidan tergov boshlagan.
Yangiliklar lentasi
0