Magistraturaga kirolmaganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
Magistraturaga kira olmagan talabalar bazaviy to‘lov-kontraktning 1.5 baravaridan oshmagan miqdordagi to‘lov asosida o‘qishga qabul qilinadi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Magistraturaga kirolmaganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratildi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, magistraturaga kirish uchun hujjat topshirgan, ammo kvota doirasida talaba bo‘lolmaganlar belgilangan bazaviy to‘lov-kontraktning 1.5 baravaridan oshmagan miqdordagi to‘lov asosida magistraturada o‘qishlari mumkin.
Bunda albatta, S1, V2 milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish talab etiladi.
O‘qish istagini bildirganlar oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga murojaat qilishlari mumkin.
Bundan tashqari, magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar uchun yengillik berilmoqda. Unga ko‘ra, magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qat’i nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi.

“Muhim jihati o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi”, - deyiladi xabarda.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
Tanlov natijalari bakalavriat diplomning o‘rtacha ballari asosida aniqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0