Rossiya o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini tashkillashtirib olishga oid cheklovni olib tashladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKrupnie rossiyskie kompanii provodat orgnabor rabotnikov v Uzbekistane
Krupnie rossiyskie kompanii provodat orgnabor rabotnikov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda yengil sanoat korxonalariga jalb qilishga ruxsat berildi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga olish pilot loyihasi kengaytiriladi. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tegishli hujjatga imzo chekdi.
Shunday qilib, Rossiya hukumati O‘zbekiston fuqarolarini yengil sanoat korxonalariga ishga joylashtirishga ruxsat berdi, qurilish sohasida 10 ming, agrosanoatdagi 1,1 ming kishilik chegarani olib tashladi.
Koronavirusga topshirilgan manfiy test ma’lumotnomasi, “Sputnik Layt” va Rossiya tomonidan tasdiqlangan boshqa vaksinalar bilan emlanish talablari bekor qilindi. Shu bilan birga, tibbiy ko‘rik va boshqa bir qator shartlar saqlanib qolyapti.
Ish beruvchilar tomonidan xarajatlarni to‘lagan holda Rossiyadagi qurilish kompaniyalariga o‘zbekistonliklarni jalb qilishni tashkil etish bo‘yicha tajriba pilot loyihasi 2021-yil kuzida ishga tushirilgandi. Fevral oyida hukumat qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun 1100 kishini ishga yollashni ham ma’qulladi.
May oyida Rossiya Mehnat vazirligi ishchi kuchi yetishmasligi muammosini hal qilish uchun migrantlarni jalb qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashni, shuningdek, tashkillashtirilgan ishga jalb qilishda ishtirok etuvchi tarmoqlar doirasini kengaytirishni taklif qildi. Shu bilan birga, xodimlarni ish beruvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib, maqsadli ishga olish tamoyili saqlanib qolyapti.
Toshkentda mehnat migrantlari tibbiy ko‘rikdan qanday o‘tmoqda – video
Eslatib o‘tamiz, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 5,3 milliard dollarga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 2,4 barobar ko‘pdir.
Trudovie migranti v Rossii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2022
Tashkillashtirilgan tanlov asosida ishga yollash butun YeOIIga yordam beradi – migrantlar
Yangiliklar lentasi
0