Toshkentning ayrim tumanlarida issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

© Sputnik / Mariya DevaxinaRuki nad batareyey
Ruki nad batareyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
Magistral issiqlik quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkentning 3ta tumanida issiqlik ta’minoti vaqtincha bo‘lmaydi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Toshkentning ayrim tumanlarida issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqida “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun Mirobod, Sergeli va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti cheklanmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
“Du-600 mm.li magistral issiqlik quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 06:30dan 21:00gacha suv ta’minoti to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.
Qo‘yliq 1, 2, 3, 4, 5, 6 va 7 mavzelar;
Qo‘yliq Aylanma mavzesi;
Munis ko‘chasi;
Fitrat ko‘chasi;
Bextereva Sarakul ko‘chasi;
Yangi zamon ko‘chasi;
Tolimarjon ko‘chasi;
Sarakul ko‘chasi.
Hozirda issiqlik ta’minoti tiklanishi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0