Mehmonxonalar “yulduz” olishi uchun qo‘yiladigan majburiy talablar soni qisqartirildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishResepshn otelya Golden Tulip v Tunise
Resepshn otelya Golden Tulip v Tunise - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Avval mehmonxonalar uchun majburiy bo‘lgan 97ta talab 85tagacha qisqartirildi - tafsilotlar.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Mehmonxonalarga “yulduz” berish tartibi yengillashtirildi. Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan yangi loyihaga ko‘ra, avval mehmonxonalar uchun majburiy bo‘lgan 97ta talab 85tagacha qisqartirildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.
Qayd etilishicha, soha mutaxassislari to‘liq mehmonxonalar reytingini tasniflash tizimini qayta ko‘rib chiqdi. Natijada O'z DSt 3296: 2022 “Turistik xizmatlar. Joylashtirish vositalari. Tasniflashning ballik tizimi" yangi davlat standarti loyihasini tayyorladi.
Qayd etilishicha, mehmonxonalar “yulduz” olish uchun 138ta talabga javob berishi kerak. Agar talablardan biri bajarilmasa, tegishli yulduz toifasini berish rad etiladi.
“O‘zbekistonda amaldagi talablar miqdoriy va sifat jihatidan maqbul va raqobatbardosh bo‘lib, ularning qisqarishi yoki yumshatilishi mehmonxonalar tasnifi, nufuzi, mavqeyi va sifatining pasayishiga olib keladi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, standartda talablar "majburiy" va "ixtiyoriy"ga bo‘linadi. Xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan umume’tirof etilgan talablar mehmonxonalar uchun “majburiy” hisoblanadi.
Tegishli yulduz toifasini olish uchun zarur bo‘lgan ballarni to‘plash uchun "qo‘shimcha" talablar bajariladi. To‘plangan ballar yig‘indisiga ko‘ra mehmonxona tegishli “yulduz” toifasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0