Pahlavon Mahmud haqida “Xiva langari” tarixiy filmini suratga olish ishlari boshlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Badiiy filmda Xorazm vohasining o‘ziga xos qadimiy urf-odatlari bilan birga o‘sha davrga xos milliy kiyim-kechaklar, qurol-aslahalar bazasi aks ettiriladi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Pahlavon Mahmud hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Xiva langari” tarixiy filmini suratga olish ishlari boshlandi. Ayni vaqtda Xivadagi Ichan qal’a majmuasining Kunya-ark saroyida Pahlavon Mahmud o‘z otasidan po‘stindo‘zlik va telpakdo‘zlik hunarini o‘rganishi jarayoni tasvirga olinmoqda, deya xabar berdi Kinematografiya agentligi.
Badiiy filmda Xorazm vohasining o‘ziga xos qadimiy urf-odatlari bilan birga o‘sha davrga xos milliy kiyim-kechaklar, qurol-aslahalar bazasi aks ettiriladi.
Pahlavon Mahmud hayotini ifodalash orqali ming asrlardan buyon o‘z tarixini saqlab qola olgan ko‘hna Xiva bilan bog‘liq milliy va qadimiy obidalar, yurt bag‘rida yetishib chiqqan faylasuflar ijodi haqida hikoya qilinadi.
Filmning postanovkachi rejissori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hamidulla Hasanov, postanovkachi operator Habibulla Hasanov, rassom Nig‘mat Jo‘rayev hamkorlikda ish olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0