Ramzan Qodirovning rafiqasi "Qahramon ona" unvoni bilan taqdirlandi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishMedni Kadirova
Medni Kadirova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Putin Yamal-Nenes avtonom okrugida yashovchi Olga Dextarenkoga ham “Qahramon ona” unvonini berdi.
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning turmush o‘rtog‘i Medni Qodirovani “Qahramon ona” unvoni bilan taqdirladi. Prezidentning tegishli farmoni huquqiy axborot saytida e’lon qilindi.
“Oila institutini mustahkamlash va bolalar tarbiyasidagi ulkan xizmatlari uchun Qodirova Medni Musayevnaga “Qahramon ona” unvoni berilsin”, deb RIA Novosti hujjat matnidan iqtibos keltirgan.
Shuningdek, Putin Yamal-Nenes avtonom okrugida yashovchi Olga Dextarenkoga ham “Qahramon ona” unvonini berdi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin joriy yilning 16-avgust kuni “Qahramon ona” unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Unvon bilan RF fuqarosi bo‘lgan, o‘n va undan ortiq bolani dunyoga keltirgan hamda tarbiyalagan onalar taqdirlanadi.
Shuningdek, “Qahramon ona” unvoni bilan birga 1 million rubl miqdorida bir martalik pul mukofoti ham beriladi.
Ma’lumot uchun, Medni va Ramzan Qodirovlar 12 nafar farzandni tarbiyalamoqda, ulardan to‘rt nafari o‘g‘il.
Yangiliklar lentasi
0