Sherzod Xo‘jayev elektr energiyasidagi uzilishlarning sababini ma’lum qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSherzod Xodjayev
Sherzod Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2022
Obuna bo‘lish
Energetika vaziri o‘rinbosari tez kunda elektr energiyasidagi cheklovlar masalasi 80 foizga hal etilishini aytdi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev O‘zbekistonda elektr energiyasidagi uzilishlarning sababini ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligi bilan izohladi.
Uning Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjmunida ma’lum qilishicha, so‘nggi yillarda iste’molchilarga yetkazib berishdagi uzilishlarning soni qariyb 3 baravarga kamaygan.

“Elektr energiyasidagi uzilishlarning sababi — uskunalarning eskirganligi yoki yetarli emasligida emas. Balki stansiyalarimizda elektr ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligida. Masalan, O‘zbekistondagi mavjud elektrning 90 foizi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Buning qariyb 85 foizi tabiiy gaz vositasida”, - dedi Xo‘jayev.

Masalan, 2016-yilgacha O‘zbekistonda bitta zamonaviy bug‘-gaz issiqlik stansiyasi qurilgan — 2012-yilda Navoiy issiqlik elektr stansiyasida. Ammo 2016-yildan keyin Navoiyda bitta, Tallimarjonda ikkita, To‘raqo‘rg‘on elektr stansiyasida ikkita, Taxiatosh elektr stansiyasida ikkita va Toshkent elektr stansiyasida bitta bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi. Bularning barchasi davlat investitsiyasi hisobidan qurilgan.
Xo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, tez kunda cheklovlar masalasi 80 foizga hal etiladi.
“Buning uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi eksporti to‘xtatildi. Tashqi import 20 foizga oshirildi. Bugungi kundagi uzilishlar 8-10 soatlab tokni o‘chirishga sabab bo‘lolmaydi. Qaysi hududlarda elektr energiyasidagi uzilishlar yarim yoki bir soatdan oshib ketayotgan bo‘lsa, buning sabablarini o‘rganamiz. Agar bunda inson omili mavjud bo‘lsa, mas’ullarga chora ko‘riladi” — deya qayd etdi vazir o‘rinbosari.
"O‘zbekneftgaz" boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, GTL kompaniyasidagi ishlab chiqarish 50 foizga kamaytirilib, qolgan gaz aholiga berilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0