Buxoroda ilk bor ochiq yurakda murakkab operatsiya o‘tkazildi

© Sputnik / Mikhail Fomichev / Mediabankka o‘tishMonitor, pokazivayushiy parametri jiznedeyatelnosti patsiyenta vo vremya operatsii
Monitor, pokazivayushiy parametri jiznedeyatelnosti patsiyenta vo vremya operatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
Bir guruh yetakchi mutaxassislar ishtirokida ochiq yurakda aorta-koronar shuntlash, mitral va aortal klapanlarni almashtirish operatsiyalari amalga oshirildi
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Buxoroda ilk bor ochiq yurakda murakkab kardioxirurgik operatsiyalar o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ilk bor ochiq yurakda murakkab kardioxirurgik operatsiyalar bajarish yo‘lga qo‘yildi.
“Kuni kecha muassasada tajribali yurak-qon tomir jarrohi Mustafo Obeyd boshchiligidagi bir guruh yetakchi mutaxassislar ishtirokida ochiq yurakda aorta-koronar shuntlash, mitral va aortal klapanlarni almashtirish operatsiyalari amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, filialda kadrlar salohiyatini oshirish, jahondagi ilg‘or davolash-diagnostika usullari, kam invaziv muolaja turlarini amaliyotga joriy qilishga alohida e’tibor berilmoqda.
Filial mutaxassislari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Rossiyaning A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi markazi, Hindistonning “Jaypee” klinikasi, Turkiyaning Bashkent universiteti gospitalia, Ozarbayjonning “Almaz akademy” o‘quv markazida malaka oshirib kelmoqda.
Shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan kardioxirurgiya va angiografiya xizmatini Buxoro viloyatida keng tatbiq etish uchun zamon talablariga mos “Angioxirurgiya” binosi qad ko‘tarmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, jahonda yuz berayotgan o‘lim holatlarining qariyb 60 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqmoqda.
Yangiliklar lentasi
0