O‘zbekistonda kibersport rasman alohida sport turiga aylandi

© © Foto : press slujba ANO "KIBER STRANA"Shkolniki zanimayutsya po sifrovomu uchebniku «Kiber Kniga”
Shkolniki zanimayutsya po sifrovomu uchebniku «Kiber Kniga” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekistonda kibersport rasman alohida sport turi sifatida e’tirof etildi. Bu haqida 16-noyabr kuni prezident tomonidan imzolangan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatda kibersport turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.
Kibersportni rivojlantirishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
professional sportchilar va trenerlar, malakali hakamlar va sharhlovchilar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini joriy qilish;
respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish;
ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish hamda nashr etish;
kibersport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va kengaytirish, sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirish;
kibersport turlariga nisbatan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘qish muddati 3-yil.

2023 yildan boshlab an’anaviy tarzda kibersport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi.
har yili aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini;
har yili dekabr oyida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turnirini;
har yili iyun oyida “Yoshlar kubogi” turniri.
“Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatida oxirgi bir yilda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan kibersportchilar bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi.
Shuningdek, kibersport faoliyatini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi.
Qolaversa, musobaqalarda g‘olib hamda sovrindor bo‘lgan kibersportchilar olgan pul mukofotlari va sovg‘alar soliqqa tortilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0