Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun ochiq - FVV

© "Kamchikavtoyo‘l"Pereval "Kamchik"
Pereval Kamchik  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
Dovon yo‘li kecha tungi vaqtda avtomobillar harakati uchun ochildi va ikki tomonlama harakat davom etmoqda
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Qamchiq dovonida avtomobillar harakati davom etmoqda. Hozirda yo‘lni qordan tozalash va muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish, qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
“Dovon yo‘li avtomobillar harakati uchun ochiq va ikki tomonlama harakat davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Qamchiq dovonida qor yog‘di. Qor yog‘ib turgan paytda dovonda transport vositalarining beto‘xtov ikki tomonlama harakatlanishi ta’minlash uchun yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepish, yo‘llarni qordan tozalash ishlarini bajarilgan.
Yangiliklar lentasi
0