“Qo‘yliq” metro bekati ikki haftaga yopiladi

© Metropoliten “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi 7-bekat
“Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi 7-bekat  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Metroning "Yerusti halqa yo‘li" yo‘nalishidagi 7-bekat ("Qo‘yliq") 21-noyabr kunidan boshlab o‘z yo‘lovchilariga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. Bu haqida Toshkent metropoliteni xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishi 6- va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini demontaj va montaj ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan u 6-dekabr kuniga qadar vaqtincha yopiladi.
Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati "Do‘stlik-2" bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.
Yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0