Termizda bojsiz savdo qilish mumkin bo‘lgan xalqaro savdo majmuasi ochildi

© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiMejdunarodniy torgoviy sentr v Termeze
Mejdunarodniy torgoviy sentr v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
Termizdagi yangi xalqaro savdo markazi Afg‘oniston chegarasidan 500 metr masofada joylashgan bo‘lib, u yerda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston, Eron va boshqa davlat tadbirkorlari bojxona to‘lovlarisiz chakana va ulgurji savdo qilishi mumkin.
TAShKENT, 17 noya – Sputnik. Surxondaryo viloyatida Termiz tumanida xalqaro savdo markazi – INTERMEX majmuasi ishga tushdi. Uning umumiy maydoni 26 gektarni tashkil etib, 3036 ta savdo va ishlab chiqarish binolari bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Majmuani ishga tushirishdan maqsad O‘zbekiston hamda Afg‘oniston o‘rtasida tovar va xizmatlarning erkin almashinuvi uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat.
© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiMejdunarodniy torgoviy sentr v Termeze
Mejdunarodniy torgoviy sentr v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Mejdunarodniy torgoviy sentr v Termeze
Undan tashqari ushbu markaz, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston davlatlari bilan ham o‘zaro savdo aloqalari yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Hozirda qurilishi davom ettirilayotgan ishlab chiqarish maydoni, logistika markazi, xalqaro tibbiyot markazi, mehmonxona va yotoqxona, restoranlar va umumiy ovqatlanish shahobchalari, sun’iy suv havzasi bo‘lgan dam olish maskanlari tez orada ishga tushadi”, - dedi loyiha bo‘yicha mas’ul mutaxassis Sirojiddin O‘rolov.

Majmuaning yillik savdo aylanmasi 500 million dollar, xizmatlar hajmi 10 million dollar bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Markaz ishga tushganidan so‘ng 192 million dollarlik eksport quvvati paydo bo‘ladi.
Xalqaro savdo majmuasida bank xizmatlari, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, ovqatlanish va mehmonxona biznesi sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar o‘z biznesini rivojlantirishi mumkin.
“INTERMEXda xorijiy tadbirkorlar uchun 10 kungacha vizasiz rejim, tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning to‘liq sikli, ustaxonalar, quruq va muzlatkichli omborlar (sklad) uchun keng maydonlar, soliq imtiyozlari, chakana savdo obyektiga to‘liq egalik va boshqa imkoniyatlar yaratiladi.
“Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning erkin va qonuniy faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq. Eksport va import uchun qulay shart-sharoitlar yaratish esa tadbirkorni jahon maydoniga chiqishiga turtki bo‘ladi. Termizda ochilgan yangi majmua tadbirkorlar uchun xalqaro savdo maydoniga aylanadi”, - dedi O‘rolov.
Majmuada, shuningdek, logistika markazi zonalari, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish va yoqilg‘i quyish shoxobchasi ham ishga tushadi.
© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiMejdunarodniy torgoviy sentr v Termeze
Mejdunarodniy torgoviy sentr v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Mejdunarodniy torgoviy sentr v Termeze
Eslatib o‘tamiz, Termiz xalqaro savdo markazi prezidentning 2020-yil 12-noyabrdagi “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahridagi maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6109-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Markaz respublika janubidagi chegara hududida joylashganligi sababli O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari – Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston, Eron va boshqa davlatlar bilan tashqi savdo hajmi va jadalligini sezilarli darajada oshiradi.
Bu O‘zbekiston uchun noyob loyiha bo‘lib, umumiy maydoni 260 ming kvadrat metr bo‘lgan erkin savdo zonasi hisoblanadi, tadbirkorlarga tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlarisiz chakana va ulgurji savdoni amalga oshirish imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0