“Vagner” jangchilari Artyomovsk yaqinidagi janglar haqida so‘zlab berishdi - video

Obuna bo‘lish
Artyomovskning strategik muhimligini bilib, Ukraina bosh shtabi katta yo‘qotishlarga qaramay, uning mudofaasi uchun barcha mavjud zaxiralarni yuborapti.
Artyomovsk yaqinidagi (ukraincha nomi - Baxmut) janglarda Kiyev tomonidan maxsus xizmat bo‘linmalari va ko‘plab millatchilar ishtirok etmoqda. Ukraina qo‘mondonligi katta yo‘qotishlar sabab ularni yig‘ma otradlarga birlashtirgan. Bu haqda “Vagner” guruhi jangchilari RIA Novostiga so‘zlab berishdi.
“Ularning (Ukrainaning) bo‘linmalari, brigadalari hozir yakson qilingan. Ularda hozir yig‘ma bo‘linmalar bor, u turli qismlardan qolganlardan iborat. Millatchi bo‘linmalar ham ko‘p. Zaysevo qishlog‘ini olgandik. Ularning uyi ustida “Aydar”* bayrog‘i osilgandi. Bolalar qora kiyimlarda edi”, - deydi agentlik suhbatdoshlaridan biri.
Artyomovsk Donbassda ukrain guruhlarini ta’minlash uchun muhim transport yo‘lagi sanaladi. Bu shahar orqali avtomobil va temir yo‘llari tarmog‘i o‘tadi. Shu bois Baxmutni boy berish Kiyev qo‘shinlari uchun og‘ir zarba bo‘lishi muqarrar. Bu o‘q-dori va yoqilg‘i keltirishni, ko‘mak kuchlarini yuborishni jiddiy ravishda qiyinlashtiradi. Artyomovskning strategik muhimligini bilib, Ukraina bosh shtabi yo‘qotishlarini hisobga olmasdan, uning mudofaasi uchun barcha mavjud zaxiralarni yuborapti.
Artyomovskdagi janglar haqida batafsil videoda.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0