Ayrim mahsulotlarni nol foiz boj bilan import qilish muddati uzaytirildi

© unsplash.com/Paul TeysenKonteyneri import
Konteyneri import - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Bir qator mahsulotlarga import bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2023-yil 1-iyulgacha uzaytirildi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Ayrim import tovarlariga bojxona boji nol stavkalarining qo‘llanilishi muddati uzaytirildi. Bu haqida prezident tomonidan qabul qilingan PF–251-sonli farmonida nazarda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin kabi mahsulotlarga import bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2023-yil 1-iyulgacha uzaytirildi.
Prezidentning PF-145-sonli tegishli farmonida keltirilgan tovarlar ro‘yxatiga bug‘doy uni yoki bug‘doy-javdar uni ham kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qo‘llaniladi.
Shavkat Mirziyoyevning 12-oktabr kuni imzolagan 392-son qaroriga ko‘ra, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi doirasida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini to‘lash talabi bekor qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0