Respublika sardorlar forumiga start berildi - foto

Obuna bo‘lish
Forumda jami 112 nafar maktab o‘quvchisi hamda 14 nafar hududiy boshqarmadan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul vakillar ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘quvchilar orasida II respublika Sardorlar forumiga start berildi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Mazkur forum O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 2022-2023-o‘quv yilida faoliyat olib boradigan Sardorlar Kengashi a’zolari faoliyatini tizimli tashkil etish maqsadida tashkil etilmoqda.
Shuningdek, ular orasida ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ishlarni rivojlantirish ham nazarda tutilgan.
Forumda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 8 nafardan jami 112 nafar maktab o‘quvchisi hamda 14 nafar hududiy boshqarmadan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul vakillar ishtirok etmoqda.
Ulardan 14 nafari respublika sardorlari, 408 086 nafari “Kamalak” va “Ittifoq” sinf sardorlari, 2 912 nafari tuman-shahar sardorlari, 123 110 nafari maktab sardorlari hamda 196 nafari hududiy sardorlarni tashkil etadi.
© Xalq ta’limi vazirligi
Respublika Sardorlar forumi - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Xalq ta’limi vazirligi
Respublika Sardorlar forumi - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Xalq ta’limi vazirligi
Respublika Sardorlar forumi - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Yangiliklar lentasi
0