Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rogov: MAGATEning ZAES haqidagi rezolyutsiyasi bu - sharmandalik

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishGlavnoe administrativnoe zdanie Zaporojskoy atomnoy elektrostansii.
Glavnoe administrativnoe zdanie Zaporojskoy atomnoy elektrostansii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Bunday sharmandali rezolyutsiyani qabul qilish orqali MAGATE o‘z vakolati va professionalligini G‘arb siyosiy manfaatlari yo‘lida almashgan noqobil tuzilmaga aylanadi, deydi Rogov.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov MAGATEning Rossiyani Zaporojye atom elektr stansiyasini tark etishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini sharmandalik deb atadi.
“Bunday sharmandali va siyosiy maqsadli rezolyutsiyani qabul qilish orqali MAGATE o‘z vakolati va professionalligini G‘arb siyosiy manfaatlari yo‘lida almashgan noqobil tuzilmaga aylanadi”, dedi Rogov RIA Novosti agentligiga.
“Xuddi shunday muvaffaqiyat bilan Zelenskiy rejimidan Roven yoki Xmelniskiy atom elektr stansiyalarini, amerikaliklarni o‘zlarining atom elektr stansiyalarini, yaponlarni Fukusimani tark etishini talab qilish mumkin”, dedi Rogov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, MAGATE aftidan AES Rossiya Federatsiyasining to‘laqonli subyekti bo‘lgan Zaporojye viloyati hududida joylashganini ataylab unutgan.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan. Bu bloklar soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi – stansiyada har biri 1 gigavatt quvvatga ega oltita energoblok mavjud. Mart oyidan beri u Rossiya harbiylari himoyasida. Ukraina harbiylari Energodar va Zaporojye atom elektr stansiyasining shaharga tutash hududini muntazam ravishda o‘qqa tutishda davom etmoqda.
Biroz oldin, MAGATE Boshqaruvchilar kengashi Rossiyani Zaporojye atom elektr stansiyasini tark etishga va atom elektr stansiyasiga egalik qilish haqidagi “asossiz da’volardan” voz kechishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qilgan edi. Kanada va Finlyandiya tomonidan taqdim etilgan rezolyutsiya matni 35 davlatdan 24 tasi tomonidan ma’qullangan. Rossiya va Xitoy rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan, Vyetnam, Hindiston, Keniya, Namibiya, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Janubiy Afrika betaraf qolgan. Burundi va Liviya delegatsiyalari ovoz berishda qatnashmagan.
Yangiliklar lentasi
0