Rossiya MH17 fojiasi bo‘yicha Gaaga sudi qarorini tan olmadi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaZdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve.
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV Malayziya Boingi fojiasi borasidagi sud va tergov ishlari axolatdan xoli va boshidan oxirigacha siyosiy buyurtma bo‘lganini ta’kidlamoqda.
TOShKENT, 18 noya - Sputnik. Moskva Gaaga sudining malayziyaning MH17 parvozi fojiasi yuzasidan qabul qilgan qarorini siyosiy buyurtma asosida qabul qilingan deb hisoblaydi. Bu haqida RIA Novosti Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga asosan xabar qilmoqda.
“Jarayonning borishi ham, natijalari ham Gaaga va uning hamkorlari tomonidan Rossiyaning fojiaga aloqadorligi haqidagi versiyani mustahkamlash yo‘lidagi siyosiy buyurtmasiga asosida bo‘lganini ko‘rsatadi”, - deyiladi bayonotda.
Rossiya TIV ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi bu jarayonda taraf hisoblanmaydi, shunga qaramay, Niderlandiya prokuraturasi ishni boshqacha taqdim etishga har tomonlama harakat qildi.
“Sudga qo‘shimcha statist vazifasi yuklatildi, uning vazifasi tegishli dalillar bazasini ayblov hukmiga moslashtirish va unga zid bo‘lgan faktlarni e’tiborsiz qoldirish edi. Ko‘rib turganimizdek, gollandiyalik Femida o‘z vazifasini uddaladi”, - deya ta’kidladi vazirlik.
RF TIV butun jarayon davomida sud ishning siyosiy motivlar aralashtirilgan yakuniga bog‘lanib qolgan niderlandiyalik siyosatchilar, prokuratura va ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan misli ko‘rilmagan bosim ostida bo‘lganini, bunday sharoitlarda xolislik va betaraflik haqida gap bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidladi.
“Biz Gaaga okrug sudi xolis adolat tamoyillarini joriy siyosiy vaziyat foydasiga e’tibordan chetda qoldirib, bu bilan Niderlandiyaning butun sud tizimi obro‘-e’tiboriga jiddiy zarar keltirganidan chuqur afsusdamiz”, - deya qo‘shimcha qildi vazirlik.
Payshanba kuni sud rossiyaliklar Igor Girkin, Sergey Dubinskiy va ukrainalik Leonid Xarchenkoni 2014-yilda Ukraina sharqida MH17 reysini urib tushirish va uning 298 yo‘lovchisini o‘ldirishda aybdor deb topdi va sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Shu bilan birga, Gaaga okrug sudi to‘rtinchi ayblanuvchi rossiyalik Oleg Pulatovni aybsiz deb topdi va prokuraturaning uni qamoqqa olish haqidagi talabini rad etdi. Pulatov kompensatsiya talablari bo‘yicha javobgarlikdan ozod etildi. Qolganlari, Gollandiya sudi qaroriga ko‘ra, qurbonlarning oilalariga jami 16 million yevro to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Sud hukm chiqarish jarayonida MN17 reysini urib tushirishda “Buk” havo mudofaa tizimidan foydalanilganini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaga bog‘lamadi, faqatgina o‘sha paytda Rossiya DXR ustidan nazorat o‘rnatgan degan fikrni bildirdi.
Federatsiya Kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarovning RIA Novostiga aytishicha, Gaaga sudining MH17 bo‘yicha qarori kutilganidek bo‘lgan, Rossiya Federatsiyasi uchun yuridik jihatdan ahamiyatsiz. “Yagona Rossiya” partiyasidan Duma a’zosi Oleg Morozov sud noxolis va bularning barchasi “axborot provokatsiyasi” degan fikrni bildirdi.
O‘z navbatida, Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Sluskiy RIA Novosti agentligiga bu siyosiylashgan qarorga rozi bo‘lish mumkin emasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, rossiyalik mutaxassislarga qo‘shma tergov guruhi bilan ishlashga ruxsat berilmagan, ayblov tomoni esa salmoqli dalillar keltirmagan.
2020 yil 9-mart kuni Niderlandiyada MH17 reysini urib tushirish bo‘yicha sud jarayoni boshlangandi. Prokurorlar to‘rt nafar ayblanuvchini ham umrbod qamoq jazosiga hukm qilishni talab qildi.
Malaysian Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti 2014-yil 17-iyulda Donesk osmonida halokatga uchragandi. Bortdagi 298 kishining barchasi halok bo‘lgan. Kiyev darhol samolyot halokatida Donbassdagi muxolifatni aybladi, biroq ular bunday balandlikdagi samolyotni urib tushiradigan vosita yo‘qligini aytishdi.
RF bosh prokurori o‘rinbosari Nikolay Vinnichenkoning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Rossiya tomoni Niderlandiyaga nafaqat Rossiyaning radar ma’lumotlarini, balki Boeing urib tushirilgan “Buk” zenit-raketa majmuasi raketasi Ukrainaga tegishli ekanligi va u Kiyev tomonidan nazorat qilinadigan hududdan uchirilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ham topshirgan, ammo tergovchilar bu ma’lumotni e’tiborsiz qoldirishni afzal bilgan.
Shu bilan birga, sud majlisining birinchi kunida ayblov Rossiya prokuraturasi ma’lumotlarini olganini va o‘rganayotganini tan olgan. Tekshiruv Niderlandiya Bosh prokuraturasi rahbarligidagi qo‘shma tergov guruhi (QTG) tomonidan Rossiya ishtirokisiz o‘tkazildi. Tergovning ta’kidlashicha, Boeing RF Qurolli Kuchlarining Kursk shahridagi 53-zenit-raketa brigadasiga tegishli bo‘lgan “Buk” zenit-raketa majmuasidan muxolifat nazoratidagi hududdan urib tushirilgan.
Davlat ayblovining xulosalari faqat anonim guvohlarning ko‘rsatmalari asoslangan. Ish bo‘yicha rossiyalik ayblanuvchi Pulatovning advokati bu ularning ko‘rsatmalarining ishonchliligini baholashni qiyinlashtirganini aytdi, biroq Niderlandiya prokuraturasi xavfsizlik nuqtayi nazaridan anonimlik zarurligini ta’kidladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi boshidanoq RFning Boeing halokatiga aloqadorligi haqidagi ayblovlar asossiz va afsuslanarli ekanligini, tergov xolis va biroqlama ekanligini ta’kidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0