Talabalar uchun mahalliy aviaqatnovlarda 50% chegirma e’lon qilindi

CC0 / Usplash / Element5 Digital / Devushka s knigami
Devushka s knigami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Chegirmalar Yangi yil bayrami kunlarida - 22-dekabrdan 10-yanvargacha amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Uzbekistan Airways Yangi yil ta’tili kunlarida talabalar uchun mahalliy aviaqatnovlarda 50% chegirma e’lon qildi.
Chegirmalar Yangi yil bayrami kunlarida - 22-dekabrdan 10-yanvargacha amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu chegirmalar boshqa shahar OTMlarida tahsil olayotgan talabalar qishki ta’tilni oilasi bilan o‘tkazish imkoniyatini berish maqsadida taqdim etmoqda.
Chegirmali chipta sotib olish uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki hududingizdagi aeroport aviakassasiga kelib, talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etish kifoya, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0