Dilnoza Kubayevaga Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni berildi

Dilnoza Kubayeva
Dilnoza Kubayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2022
Obuna bo‘lish
“Shuhrat” medali sohibi, aktrisa Dilnoza Kubayevaga Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni berildi.
TOShKENT, 19 noya - Sputnik. Taniqli o‘zbek kino va teatr aktrisasi, “Shuhrat” medali sohibi Dilnoza Kubayevaga Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni berildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy profilida e’lon qildi.
Dilnoza Kubayeva ko‘p yillardan buyon O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritadi.
U “Andishali kelinchak”, “Keldi-yu, ketdi”, “O‘tkan kunlar”,“Adolat fasli” kabi spektakllarda, “Kelgindi kelin”, “O‘g‘rigina kelin”, “Kechikkan hayot”, “Baron 1,2”, “Isnod”, “Baxt uyi”, “Vasiyat” kabi filmlarda o‘ziga xos rollarni ijro etgan.
Yangiliklar lentasi
0