O‘zbekistonliklar elektromobillar xaridiga qancha sarfladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishElektromobil Nissan Leaf
Elektromobil Nissan Leaf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2022
Obuna bo‘lish
Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1136 taga oshgan.
TOShKENT, 19 noya - Sputnik. O‘zbekistonliklar o‘tgan 10 oyda elektromobillar importiga 55,4 million AQSh dollari sarflagan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 55,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 749 dona elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1136 taga oshgan.
O‘zbekiston joriy yilning 10 oyida eng ko‘p elektromobillar import qilgan davlatlar:
• Xitoy – 1 528 dona
• BAA – 111 dona
• Germaniya – 48 dona
• Gonkong – 37 dona
• Litva – 10 dona
• Koreya – 7 dona
• Boshqa davlatlar – 8 dona.
Yangiliklar lentasi
0