Rejissor Ali Hamroyev FELIX kinofestivalining laureati bo‘ldi

© Agentstvo kinematografii UzbekistanaRejisser Ali Xamrayev stal laureatom premii na V kinofestivale FELIX
Rejisser Ali Xamrayev stal laureatom premii na V kinofestivale FELIX - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2022
Obuna bo‘lish
FELIX har yili o‘tkaziladigan xalqaro kinofestival hisoblanadi. Bu yil u beshinchi marta o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik rejissor Ali Hamroyev Milanda bo‘lib o‘tgan V FELIX kinofestivalining laureati bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kinofestivalda taniqli rejissor o‘zining “Samarqandda qovun tarovati” nomli filmini taqdim etdi. Ma’lumki, u 2021-yilda ekranlarga chiqqan.
Hamroyevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu film oddiy odamlar haqida va oddiy odamlar uchun mo‘ljallangan.
Ma’lumot o‘rnida, FELIX har yili o‘tkaziladigan xalqaro kinofestival hisoblanadi. Bu yil u beshinchi marta o‘tkazilmoqda. Festival Milandagi eng nufuzli kinoteatr – Cinema Anteo’da o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0