Shuhrat Polvonov Oliy sud raisiga o‘rinbosar etib saylandi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaZasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Uzbekistana
Zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2022
Obuna bo‘lish
Shuhrat Polvonov Oliy sud raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga besh yil muddatga saylandi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Senatning 35-yalpi majlisida Oliy sud raisining o‘rinbosarini saylash va Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Senatorlar Shuhrat Polvonovni sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, Oliy sud raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga besh yil muddatga sayladi.
Majlisda, shuningdek, Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
Senatning qabul qilingan qaroriga muvofiq, Gulnora Mirzayeva, Abdikamal Abdikarimov va Askar Bekmanov Oliy sudning sudyasi lavozimiga o‘n yillik muddatga saylandi.
Shuningdek, M.A.Nazarov, J.I.G‘aybullayev, B.A.Naimov, A.K.To‘xtashev Oliy sudning sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Yangiliklar lentasi
0