Andijonda sodir bo‘lgan yirik yong‘in bartaraf etildi - FVV

© Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiMChS
MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida ko‘p qavatli uyning taxminan 400 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Kecha tunda Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 20-noyabr kuni soat 21:09da Andijon shahri "O‘rikzor" MFY 3-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 12ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3ta avtonarvon soat 21:18 da voqea joyiga yetib bordi. Yong‘in soat 21:40da qurshab olindi va soat 22:25 da bartaraf etildi.
Yong‘in oqibatida ko‘p qavatli uyning taxminan 400 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Aytilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0