Kolumnistlar

“Bu tarixiy voqea”: NATO qanday darz ketdi

© © Foto : NATO / Ian HouldingNATO
NATO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Polshada raketa qulashi mojarosi haqida bir-biriga zid baholar va fikrlar fonida Shimoliy Atlantika alyansi ilgari surib kelgan “ochiq eshiklar” siyosatida muammolar yuzaga keldi.
Maʼlum boʻlishicha, alyansga qoʻshilish uchun jiddiy yon berish kerak boʻladi. Oldinda turgan rahbariyat oʻzgarishi esa ittifoqdoshlarning asosiy ziddiyatlarini koʻrsatib berdi.

Turkiya hal qiladi

Shvetsiya parlamenti terrorizmga qarshi kurash borasida jiddiy chora-tadbirlar toʻgʻrisida Konstitutsiyaga oʻzgartishlar kiritishni qabul qildi. Ammo oʻz xohishi bilan emas.

Bunga esa Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishiga toʻsqinlik qilayotgan Turkiya majbur qildi. Anqara Stokgolmning qurdlarni qoʻllab -quvvatlayotganidan norozi. Darhaqiqat, ular jamiyatining nufuzi katta, hatto hukumatda ham vakillari bor. Finlarga esa iddaolar kamroq, biroq Skandinaviya mamlakatlari neytral va birgalikda blokka aʼzo boʻlishga qaror qilishgani uchun, Xelsinki ham toʻxtab qoldi.

Riksdagda (349 oʻrinli bir palatali Shvetsiya parlamenti) 278 ovoz bilan qabul qilingan tuzatish anchayin noaniq. U “agar ular terrorizmda ishtirok etsa yoki uni qoʻllab-quvvatlasa, uyushmalar erkinligini cheklovchi” qonunlar haqida.
Shu bilan biga bir hafta ilgari, Anqaraga tashrifi chogʻida mamlakat bosh vaziri Ulf Kristersson buni jiddiy buzilish deb atagan. “Shvetsiya huquq-tartibot organlariga terrorizmga qarshi kurashda koʻproq kuch beradigan qadamlar bosmoqda”, — dedi u Rajab Toyyib Erdogʻan bilan oʻtkazgan qoʻshma matbuot anjumanida.
Terrorizmga qarshi tuzatish avvalgi soʻl hukumat davrida, aprel oyidayoq koʻrib chiqilgan. Islohot ish bermadi. Endi muxolifat boʻlib qolgan soʻl partiya qarshi ovoz berdi. Ammo uning ovozlari yetmadi. Oʻzgartishlar 1 yanvardan kuchga kiradi. Shunday qilib, shvedlar va finlarning kutishlariga toʻgʻri keladi. Qolaversa, Turkiyadan tashqari, Vengriya ham Skandinaviya mamlakalari arizalarini ratifikatsiya qilmagan.

Budapesht ikkilanmoqda

Anqara Shvetsiyadan terrorizmda gumonlanayotgan kurdlarni joʻnatishlari talab qilayotgan boʻlsa (hozircha ikki nafari deportatsiya qilindi, roʻyxatda esa 73 nafar), Vengriyaning iddaolari esa ancha mujmal. U yerda Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni istamaygina quvvatlashmoqda, Ukraina tomonida turishyotgani yoʻq, Kiyevga koʻp milliard dollarlik moliyaviy transhlarni sekinlashtirib va umuman oʻz sheriklari uchun koʻplab muammolarni keltirib chiqarishyapti.
Finlyandiya va Shvetsiya bosh vazirlari Vengriya va Turkiyani oʻz arizalariga rozi boʻlishga chaqirishmoqda. Kristersson: “Stokgolm “alyansdagi har bir davlat oʻz qarorini qabul qilishini toʻliq hurmat qiladi”, ammo oldingi chap qanot hukumati Turkiya bilan yozgi memorandum shartlarini qisman bajarib, qurol embargosini bekor qilgan va Suriyada kurd guruhlariga moliyaviy va boshqa yordamlarni toʻsib qoʻygan” deya taʼkiladi.
Mutaxassislarning fikricha, Stokgolmdagi oʻng markazchi kabinet uchun Anqara bilan til topishish osonroq. Buni tashqi ishlar vaziri Tobias Bilstrom bilvosita tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, hukmron koalitsiya kurd muammosi boʻyicha “kamroq yuk”ga ega, undan oldingi prezident Enn Linde esa kurdlarni jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlashi bilan Turkiya bilan muzokaralarni murakkablashtirgan edi.
Budapeshtdan ham umidbaxsh signallar bor. Hukumat ratifikatsiya hujjatlarini milliy assambleyaga taqdim etdi, dedi bosh vazir Gergeli Gulyash.
Ammo shunda ham bahonalarsiz boʻlmadi. NATOning kengayishi Vengriyaning milliy manfaatlariga mos keladimi, degan savol haligacha muhokama qilinishi kerak, dedi bosh vazir.

Moldaviya uchun shvedcha tengsiz hodisa

Noyabr oyi oxirida Ruminiyada NATO sammiti boʻlib oʻtadi, unga Ukraina, Gruziya va Moldaviya ham taklif etilgan. Kiyev va Tbilisi uchun blokka qoʻshilish strategik maqsad. Kishinev bilan vaziyat murakkabroq. Moldova konstitutsiyasining 11 moddasiga qoʻra, “respublika doimiy betaraflikni eʼlon qiladi” va “oʻz hududida boshqa davlatlar qurolli kuchlarini joylashtirishga yoʻl qoʻymaydi”.
Shunga qaramay Moldaviya 16 yil avval NATO bilan “Individual hamkorlik rejasi” ni imzolagan edi. Bu odatiy kelishuv emas, balki, aslida, ittifoqqa borish yoʻlidagi ikkinchi qadam. Undan keyin “Tezlashtirilgan muloqot” bosqichi va aslida yakuniy “Qoʻshilish boʻyicha harakatlar rejasi”dir.
NATO uchun har qanday qonunni oʻzgartirish mumkin, hatto konstitutsiyani ham. Biroq, soʻnggi soʻzni alyans rahbariyati aytadi, va u yerda ham oʻzgarishlar boʻlmoqda.

Yetakchilik uchun kurash

Alyansning amaldagi bosh kotibi Yens Stoltenbergning vakolatlari bir yildan kamroq vaqt ichida tugaydi. Amerika OAV manbalariga koʻra, ittifoqchilar oʻrtasida bu lavozim uchun jiddiy kurash boshlangan. Vashingtonda Kanada Moliya vaziri, qonida ukrainlar boʻlgan 54 yoshli Xristi Frilandga koʻproq ishora qilishmoqda.
Sobiq jurnalist (nufuzli The New York Times nashri muxbiriga turmushga chiqqan), Kanadaning Tashqi ishlar vaziri boʻlgan. Uning diplomatik tajribasi katta, besh tilda soʻzlasha oladi (ingliz, frantsuz, italyan, ukrain va rus tillari). Qolaversa, u ayol kishi. Hozirgi vaqtlarda esa bu katta imtiyoz. Gʻarb davlatlarida (AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarrisdan Italiyaning yangi bosh vaziri Jiorji Melonigacha) ayollarning rahbarlik lavozimlariga kelishidan soʻng, NATO ham gender muvozanati haqida oʻylamoqda.
De-fakto Shimoliy Atlantika alyansiga rahbarlik qiladigan AQSH oʻz mamlakatidan nomzod ilgari surmayapti. Ularning generali va asosiy qoʻmondoni Yevropada. Vashington unga sodiq shimoldagi qoʻshnisidan umid qilmoqda.
YEI ham oʻz bosh kotibi boʻlishini istaydi. Bu ajablanarli emas: NATOdagi jami 30 mamlakatdan 21 tasi - Yevropa mamlakatlari, Shvetsiya va Finlyandiya bilan esa 32 tadan 22 ta Yevropa mamlakati boʻladi.
Yevropada ham kuchli figuralar bor, jumladan, ayollar ham. Bu Estoniya bosh vari Kaya Kallas, Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova va 2015 -2020 yillarda Xorvatiyaga rahbarlik qilgan, shuningdek, NATO bosh kotibi yordamchisi boʻlib ishlagan Kolinda Grabar-Kitarovichlardir. Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesni taklif qilishga tayyor.
NATO bosh kotibligi - rasmiyatchilik uchun bir lavozim hisoblanadi, barcha qarorlar Vashingtondagi kabinetlarda qabul qilinadi. Biroq aynan alyans rahbari oʻttiz mamlakat orasidagi ommaviy konsensus uchun javobgar boʻladi. Oʻsha Stoltenbergni ham “ochiq eshiklar” tamoyilini ilgari surib, Shvetsiya, Finlyandiyaga “keng quchoq ochib qarshi olishni” vaʼda berib, ammo Turkiyaga taʼsir oʻtkaza olmagani uchun qattiq tanqid qilishmoqda. NATO ahilligiga esa nafaqat alyans, balki Ukraina kabi unga koʻz tikib turgan mamlakatlar taqdiri ham bogʻliq.
Yangiliklar lentasi
0