Futbol muxlislari O‘zbekiston-Rossiya o‘yinidan qanday natijani kutishgandi – video

Obuna bo‘lish
“Paxtakor” stadionida O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.
Bu o‘rtoqlik o‘yinini futbol ishqibozlari intiqlik bilan kutishgani tabiiy. Chunki bu ikki terma jamoa birinchi marta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
Sputnik muxbiri bahs oldidan muxlislardan qanday natijani kutishayotgani bilan qiziqqandi. Shubhasiz, har bir jamoa muxlislari o‘z termalari g‘olib chiqishlarini xohlashlarini yashirishmadi. Biroq chiroyli o‘yin uchun stadionga tashrif buyurganlar yo‘q emasdi.
“Oq bo‘rilar” muxlislaridan biri O‘zbekiston 3:0 hisobida g‘alaba qozonishini prognoz qilgandi.
Qiziqarli bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi va do‘stlik g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston-Rossiya o‘yinining qiziqarli lahzalari Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0