O‘zbekistonlik qilichboz qizlar Jahon kubogida birinchi bo‘lishdi

© Sportni rivojlantirish vazirligiQilichboz qizlar o‘rtasida Jahon kubogi
Qilichboz qizlar o‘rtasida Jahon kubogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha yosh qizlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bahslari o‘tkazildi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik qilichboz qizlar Jahon kubogida jamoaviy dasturda g‘olib bo‘lishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha yosh qizlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bahslari o‘tkazildi.
O‘zbekistonlik qilichboz qizlar yakkalik kurashlarda 1 ta oltin, 2ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, davlatlar o‘rtasida jamoaviy hisobda birinchilikni qayd etishdi.
Qizlar oltin medalni shpaga hamda sablya yo‘nalishlarida qo‘lga kiritishdi.
Shpaga, qizlar:
O‘zbekiston
Qozog‘iston
Qirg‘iziston
Sablya, qizlar:
O‘zbekiston
Turkiya
Ruminiya
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik sportchilar Jazoirda bo‘lib o‘tgan qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogining sablya va shpaga qurolida o‘tgan bahslarida ham ishtirok etishgandi. Unda sportchi qizlar Jahon kubogida sakkizlikdan joy olishgan.
Yangiliklar lentasi
0