“Turkistonbank” mijozlariga omonatlari muddatidan oldin qaytariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Faoliyati to‘xtatilgan “Turkistonbank” mijozlari omonatlarini qaytib olish uchun agent-bankka tegishli hujjatlar bilan murojaat qilishi kerak.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Joriy yilning oktabr oyida litsenziyasi qaytarib olingan “Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat banki omonatchilarining mablag‘lari muddatidan avval qaytariladi. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi Kuzatuv kengashi shunday qaror qabul qildi, deb xabar berdi Markaziy bank matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, “Turkistonbank” omonatchilari bo‘lgan jismoniy shaxslar bugun, 21-noyabrdan boshlab omonatga joylashtirgan mablag‘lari yuzasidan agent-bank sifatida tanlangan “Qishloq qurilish bank”ka murojaat etishlari mumkin.

“Omonatchilar qaytarib olinayotgan pul mablag‘larini o‘zlari xohlagan tarzda – naqd pul shaklida olishi, bank kartasiga ko‘chirishi yoki agent-bank bo‘lgan “Qishloq qurilish bank”ka omonatga qo‘yishi mumkin”, - deyiladi MB xabarida.

Fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq tegishli hujjatlarning asl nusxalari (pasport, omonat daftarchasi, omonat shartnomasi, notarius tomonidan tasdiqlagan ishonchnoma) ko‘rsatilgan taqdirda omonatchilarning qonuniy vakillariga yoki ularning huquqiy vorislariga ham to‘lab beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy banki boshqaruvining 7-oktabrdagi qaroriga asosan “Turkistonbank” va “HI-TECH BANK”dan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olib qo‘yilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0