Erdog‘an AQShni kurd jangarilarini qurol bilan ta’minlashda aybladi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishRedjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto
Redjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
Erdog‘an AQShning oxirgi uch prezidenti Suriyadagi kurd jangarilarini qurol bilan ta’minlab kelayotganidan norozi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar so‘nggi yillarda Suriyadagi kurd jangarilariga minglab yuk mashinalarda o‘q-dorilar yetkazib berdi. Bu haqda RIA Novosti “Anadolu” agentligiga tayanib, xabar bermoqda.
“Biz Turkiyaning NATO bo‘yicha ittifoqchisi oxirgi yillarda Suriyadagi terroristik hududlarga o‘q-dorilar va qurol-yarog‘ ortilgan minglab yuk mashinalarini yetkazib berganidan qayg‘udamiz”, - deydi Erdog‘an.
Prezident “bu kurs Barak Obama prezidentligida boshlangani, Donald Tramp davrida davom etgani va Jo Bayden davrida ham o‘zgarishsiz qolayotganini” ta’kidladi.
Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Anqara Suriya masalasi sabab xavotirda ekani haqida Vashingtonni ogohlantirgan.

“Men shaxsan Obama, Tramp va keyin Bayden bilan suhbatlar chog‘ida bu masalani ko‘targanman, agar biz NATO bo‘yicha ittifoqchi va hamkor bo‘lsak, amerikaliklarning Suriyadagi terrorchilarga ko‘rsatayotgan yordami mamlakat janubiy chegaralariga xavf tug‘dirishini tushunishimiz kerakligini aytdim. Agar kerak bo‘lsa, javob qaytarishga majbur bo‘lishimiz haqida ogohlantirdik”, - deydi Erdog‘an.

Uning ta’kidlashicha, Amerika tomoni Anqaraga hech qanday javob qaytara olmayapti.
“Turkiya milliy xavfsizligi talab qilganidek harakat qilishda davom etamiz. Hech qanday yon berishlar yo‘q! Chunki har qanday pozitsiya o‘zgarishi mamlakatimiz uchun muammolarni ergashtiradi”, - deb ishontirdi Erdog‘an.
Avvalroq Turkiya Mudofaa vazirligi Suriya va Iroq shimolidagi kurd tuzilmalariga qarshi “Panja-qilich” havo operatsiyasi boshlangani haqida xabar bergan edi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchilar Turkiyaga hujum qilish uchun ushbu davlatlarning shimoliy hududlaridan baza sifatida foydalanmoqda.
Operatsiyaga 13-noyabr kuni Istanbulda sodir etilgan terakt sabab bo‘ldi. Istiqlol piyodalar ko‘chasida sodir bo‘lgan portlashda olti kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq odam jarohatlandi. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi va KIP bilan aloqasi borligini tan oldi. Turkiya Ichki ishlar vazirligi hujumni amalga oshirish buyrug‘i Kobanidan kelgani, jinoyatchi esa Afrin orqali mamlakatga kirganini ma’lum qildi.
Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari bilan qurolli to‘qnashuv Turkiyada 1984-yilda boshlangan va 2015-yilda qaytadan jonlangan. Iroq shimolida kurdlarning bazalari joylashgan bo‘lib, Turkiya Qurolli kuchlari ularga qarshi havo va quruqlikdagi operatsiyalarni o‘tkazmoqda.
Yangiliklar lentasi
0