Video

Yerevanda Rossiyani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan aktsiya boʻlib oʻtdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Aktsiyada qatnashganlar “Abadiy Rossiya bilan”, “Rossiyaga qarshi provokatsiyalarga yoʻq deymiz!”, “Hamisha Rossiya bilan birga!” deb yozilgan plakatlarni koʻtarib olishgandi.
Yerevanda Rossiya va Armaniston-Rossiya munosabatlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan aktsiya boʻlib oʻtdi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, Rossiya elchixonasi oldidagi tadbirni Armaniston Kommunistik partiyasi, Vatanparvarlar ittifoqi va Faxriylar ittifoqi tashkillashtirgan. Aktsiyada qatnashganlar “Abadiy Rossiya bilan”, “Rossiyaga qarshi provokatsiyalarga yoʻq deymiz!”, “Hamisha Rossiya bilan birga!” deb yozilgan plakatlarni koʻtarib olishgandi.
Armaniston Kommunistik partiyasi yetakchisi Yerdjanik Kazaryan aktsiya chogʻida toʻplanganlar AQShdan ham yoshi katta boʻlgan Armaniston va Rossiya xalqlari doʻstligini qoʻllash uchun kelishganini maʼlum qildi.
U soʻnggi paytlarda Rossiyaga qarshi kayfiyat faollashgani va tegishli propaganda ishlari olib borilayotganini taʼkidladi.
“Biz barcha sohalarda – iqtisodiy, harbiy-siyosiy va boshqa – Armaniston-Rossiya munosabatlarini chuqurlashtirish tarafdorimiz”, - dedi Kazaryan.
Yangiliklar lentasi
0