G‘arb endi Zelenskiyning fantaziyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi - Turkiya OAV

© AP Photo / Nariman El-MoftyPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, yevropaliklar YeIda oziq-ovqat va energetika inqiroziga olib kelgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlaridan norozi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari prezident Vladimir Zelenskiyning Ukrainaning sobiq hududlarini nazorat ostiga qaytarish bo‘yicha rejalarini endi qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda sharhlovchi Berjan Tutar Turkiyaning “Sabah” gazetasidagi maqolasida yozgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar YeIda oziq-ovqat va energetika inqiroziga olib kelgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlaridan norozi.
“Energetika inqirozi chuqurlashib borayotgan Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya kabi davlatlar endi Zelenskiyning fantaziyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Hamma tinchlikni va yarashishni xohlaydi”, deydi u.
Publitsistning ta’kidlashicha, faqat Estoniya, Latviya va Litva Ukrainadagi inqiroz NATO va Moskva o‘rtasidagi mojaroga aylanishini xohlaydi.
DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlari referendumlar natijalariga ko‘ra Rossiya viloyatlariga aylandi. Sentabr oyi oxirida Kremlda prezident Vladimir Putin ularning rahbarlari bilan bitimlarni imzoladi.
Moskva 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Prezident Vladimir Putin uning yakuniy maqsadini Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratish deb atagan.
Yangiliklar lentasi
0