Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

MAGATE Zaporojye AESi hududiga jiddiy zarar yetkazilganini aniqladi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishMissiya MAGATE posetila Zaporojskuyu AES
Missiya MAGATE posetila Zaporojskuyu AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
MAGATEning qayd etishicha, stansiyaning asosiy jihozlari shikastlanmagan, yadro xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar yo‘q.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ekspertlari Ukraina Qurolli kuchlarining o‘qqa tutishidan jabr ko‘rgan Zaporojye atom elektr stansiyasini tekshirish chog‘ida sezilarli zararni aniqladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berilgan.
“Mutaxassislar radioaktiv bo‘lmagan sizib chiqishiga sabab bo‘lgan kondensat saqlash rezervuarlarining shikastlanishini, shuningdek, stansiya reaktorlari bo‘ylab asosiy yo‘lda va ishdan chiqqan temir yo‘lda raketa hujumlarini qayd etgan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, qo‘riqchilar joylashgan binolar yaqinida ham ko‘zga ko‘rinadigan zarar bor. MAGATEning qayd etishicha, stansiyaning asosiy jihozlari shikastlanmagan, yadro xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar yo‘q.
“Oltita reaktor blokining holati barqaror, ularning tegishli saqlash joylaridagi sarflangan yoqilg‘i, yangi yoqilg‘i hamda past, o‘rta va yuqori darajadagi chiqindilarning yaxlitligi tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, shanba va yakshanba kuni ertalab Ukraina qo‘shinlari ZAES hududini, shuningdek, uni oziqlantiruvchi elektr uzatish liniyasini 20 dan ortiq yirik kalibrli artilleriya snaradlari bilan o‘qqa tutgan.
O‘tgan hafta MAGATE Boshqaruvchilar kengashi Rossiyani stansiyani tark etishga va uning egaligiga “asossiz da’volardan” voz kechishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qildi. Hujjatni 35 davlatdan 24 tasi ma’qullagan, Moskva va Pekin qarshi ovoz bergan. Davlat Dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Sluskiy rezolyutsiyani amalga oshirib bo‘lmaydigan deb atadi, chunki AES Rossiya hududida joylashgan va allaqachon uning energetika tizimining bir qismiga aylangan.
Zaporojye AES bloklari soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Yevropada eng yirik hisoblanadi. Mart oyidan beri u Rossiya harbiylari himoyasida. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ta’kidlaganidek, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Shu bilan birga, Ukraina qo‘shinlari stansiyani ham, qo‘shni Energodar shahrini ham muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.
Yangiliklar lentasi
0