Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 22-noyabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie dobrovolcheskogo batalona imeni Sudoplatova vo vremya polucheniya imi voyennoy texniki v Zaporojskoy oblasti.
Voyennoslujashie dobrovolcheskogo batalona imeni Sudoplatova vo vremya polucheniya imi voyennoy texniki v Zaporojskoy oblasti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari hujumlari soni va ko‘lami kamayishda davom etdi. Barcha urinishlar qaytarildi, UQK tomonidan yo‘qotishlar 125 nafar atrofida bo‘ldi.
TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning borishi haqida 21-noyabrning asosiy xabarlari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Janubiy-Donesk yo‘nalishida Novomixaylovka, Vladimirovka, Pavlovka va Novodarovka aholi punktlari hududlarida UQK boy berilgan pozitsiyalarni qaytarish maqsadida urinishdi. Hujum artilleriya yordamida to‘xtatildi va dushman dastlabki pozitsiyalariga qaytarildi. UQK yo‘qotishlari 70 dan ortiq harbiy xizmatchi, bir tank, ikkita BMP va beshta zirhli mashina va beshta harbiy texnikani tashkil qildi.
Kupansk yo‘nalishida LXRning Kuzemovka aholi punktida UQKning hujumga urinishlari bartaraf etildi, artilleriya va og‘ir o‘t o‘chiruvchi tizimlardan o‘q uzilishi natijasida dushmanning 35 dan ortiq harbiylarni, ikkita zirhli mashina va to‘rtta pikap yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida dushman LXRning Golikovo va Chervonopopovka aholi punktlari yo‘nalishida ikki rota taktik guruhi kuchlari bilan hujumga o‘tmoqchi bo‘ldi. Dushman kuchlari to‘plangan joyiga artilleriya zarbalari berish natijasida - u tarqatib yuborildi. Kun davomida 20 dan ortiq ukrainalik harbiylar, uchta piyoda askarning jangovar mashinasi va bitta zirhli mashina yo‘q qilindi.
Rossiya operativ-taktik va armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi Xarkov viloyati Shevchenkovo, DXRning Krasniy Liman, Zaporoje viloyati Kamishevaxa va Preobrajenka aholi punktlari hududlarida UQKning qo‘mondonlik punktlariga, 54 ta artilleriya bo‘linmasi va 124 ta o‘q otish joylari, ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Dneprovskoe aholi punkti hududida Ukraina diversion-razvedka guruhi Dnepr darosining chap qirg‘og‘iga qayiqda o‘tishga urinayotganda yo‘q qilindi.
DXRning Kramatorsk aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining qurol-yarog‘ va harbiy texnika ombori yo‘q qilindi.
Xarkov viloyati, Pilnaya qishlog‘i yaqinida bo‘lib o‘tgan kontrbatareya jangi vaqtida Ukraina Qurolli Kuchlariga qarashli "Uragan" ko‘p o‘qli raketa tizimining ikkita qurilmasi o‘q uzish pozitsiyalariga zarba berildi.
LXRning Kremennaya, DXRning Pokrovskoe, Makeyevka va Xerson viloyatining Kaxovka aholi punktlari hududlarida havo mudofaa kuchlari toonidan beshta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirildi.
Shuningdek, Xarkov viloyatining Strelechya va DXRning Novotroitskoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning "Uragan" va "Vilxa" ko‘p raketa tizimlarining 11 ta raketasi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 333 ta samolyoti, 177 ta vertoloti, 2543 ta uchuvchisiz uchish apparati, 388 ta zenit-raketa kompleksi, 6743 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 901 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 3607 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7302 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0