O‘zbekiston va rossiyalik restavratorlar o‘zaro tajriba almashadi

© Turizm va madaniy meros vaziriligiAziz Abduhakimov Rossiya Madaniyat vazirining o‘rinbosari Nadejda Prepodobnaya bilan uchrashdi
Aziz Abduhakimov Rossiya Madaniyat vazirining o‘rinbosari Nadejda Prepodobnaya bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
Turizm vazirligida Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Rossiyalik usta-restavratorlar muzeylar sohasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda Turizm vazirligi.
Aziz Abduhakimov hamda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari Nadejda Prepodobnaya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda turizm, madaniyat va muzeylar sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining bugungi holati va kelajakdagi istiqboli muhokama qilindi.
Shuningdek, muzeylar sohasi bilan bir qatorda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish sohasida ham hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida rossiyalik usta-restavratorlarning mamlakatga tashrifini amalga oshirishga kelishib olishdi.
Bundan tashqari, 2023-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Rus fasli” loyihasi Dasturi atroflicha muhokama etildi.
Shu bilan birga, Rossiyadagi O‘zbekistonga oid madaniy boyliklardan nusxa olish, ular to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ham belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya muzey xodimlarining anjumani bo‘lib o‘tgan edi. Anjuman doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston va Rossiyada muzey sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi, muzeylar o‘rtasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
Anjuman doirasida o‘tkazilgan forumda Sankt-Peterburg davlat kino va televidenie instituti O‘zbekiston Respublikasi Davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0