O‘zbekiston va Xitoy Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishni muhokama qildi

© Press-slujba MID UzbekistanaSpespredstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev vstretilsya so spespredstavitelem MID KNR Yue Saoyunem.
Spespredstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev vstretilsya so spespredstavitelem MID KNR Yue Saoyunem. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili uchrashdi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Yue Saoyun bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, tomonlar suhbat chog‘ida ikki mamlakatning Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan tartibga solish, mamlakatga tez orada gumanitar va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish bo‘yicha sa’y-harakatlari yuzasidan fikr almashishgan.
Xitoy TIV vakili O‘zbekiston rahbariyatining O‘zbekiston-Xitoy muloqotini, shu jumladan Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish siyosatini yuqori baholagan.
Tomonlar Afg‘onistondagi keskin ijtimoiy-gumanitar inqirozni bartaraf etish, bu yerda mustahkam tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga ko‘maklashish faqat ushbu davlat yangi hukumatiga nisbatan jahon hamjamiyatining mushtarak yondoshuvlarini ishlab chiqish asosidagina amalga oshirilishi mumkinligini qayd etishdi.
Shuningdek, Afg‘oniston hududida energetika va transport-logistika sohasida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muhimligi ham ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0