O‘zbekneftgaz va Tumen neft-gaz klasteri o‘zaro hamkorlikni boshlashga kelishib oldi

© O‘zbekneftgazO‘zbekneftgaz va Tumen neft-gaz klasteri
O‘zbekneftgaz va Tumen neft-gaz klasteri  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekneftgaz Tumen viloyati investitsiya siyosati va tadbirkorlikni Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash departamenti direktori Mashukov Anton Andreyevich bilan muzokaralar olib bordi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekneftgaz va Tumen neft-gaz klasteri ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish va yanada kengaytirishga kelishib oldi.
“O‘zekspomarkaz”da 14-18 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida “O‘zbekneftgaz” AJ ham ishtirok etdi.
Ko‘rgazma doirasida Rossiya federatsiyasining Tumen viloyati investitsiya siyosati va tadbirkorlikni Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash departamenti direktori Mashukov Anton Andreyevich bilan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralarda Tumen neft-gaz klasteri bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va sheriklik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha quydagi kelishuvlarga erishildi:
Tumen neft va gaz mintaqalararo klasteri va “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar hamda import o‘rnini bosish uchun zarur bo‘lgan uskunalar reyestri bilan ta’minlash;
kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida ikki tomon taqdim etilgan materiallarni o‘rganish;
strategik rivojlanish, investitsiya dasturlari va neft-gaz sanoatida amalga oshirilayotgan loyihalar sohasidagi hamkorlik.
Shuningdek, Tumenda 1-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan eksport Forum-2022 (TEF-2022)da “O‘zbekneftgaz” vakillarining tashrifi rejalashtirib olindi.
Ushbu kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekneftgaz va Tumen viloyati neft-gaz kompaniyalari o‘rtasida videokonferensiya shaklida "Yetkazib beruvchilar kuni" o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Tumen neft va gaz mintaqalararo klasteri neft va gaz bozorining turli ishtirokchilari - neft va gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar, uskunalarni ishlab chiqaruvchilar, neft konlariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar, sanoat ilmiy-tadqiqot institutlarini birlashtiradi. Ularning asosiy maqsadi uskuna va xizmatlarda import ulushini kamaytirishdir.
Yangiliklar lentasi
0