Dunyoda

Qrim borasida Ukraina va Gʻarb oʻrtasida ixtilof bor - "Politico"

© © RIA Novosti / Dmitriy MakeyevPereyti v mediabankNaberejnaya v Sudake. Arxivnoye foto
Naberejnaya v Sudake. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Nashrning manbalariga tayanib yozishicha, Gʻarb va Ukrainaning Qrim boʻyicha manfaatlari turlicha.
TOSHKENT, 22 - noya Sputnik. Gʻarb va Ukrainaning Qrim boʻyicha munosabatlari bir-biriga toʻliq oʻxshamaydi, deya xabar qilmoqda "Politico" nashri manbalariga tayanib.

“Qrimga kelganda Gʻarb va Ukraina manfaatlari toʻgʻri kelmayotganini kuzatyapmiz”, deyiladi nashr xabarida.

Yozilishicha, amerikalik amaldorlar Ukraina qoʻshinlarining Qrimga ehtimoliy hujumlaridan qoʻrqishadi. Amerikalik va yevropalik amaldorlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinningg hujumiga keskinlik bilan javob berishini istashmaydi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy devoni rahbari Andrey Yermak Qrimni nazorat qilish boshlash boʻyicha Kiyev harbiy kampaniya boshlashni rejalashtirayotganini aytgan edi. Biroq yarimorolga hujum boshlash vaqtini maʼlum qilmagan.
Keyinchalik Rossiya mudofaa va xavfsizlik boʻyicha Federatsiya kengashining raisi Viktor Bondarev Ukrainaning Qrimga hujum qilish uchun resurslari ham, harbiy kuchi ham yoʻqligini, shunday ekan, Kiyev bu kabi soʻzlardan nariga oʻta olmasligini aytgan. Qrim hududidan Davlat dumasi deputati Mixail Sheremet agar Kiyev Qrimga hujum qilish harakatlarini boshlasa, “unga yakuniy vayronkor zarba berilishini” aytgan.
Qrim 2014 yili Ukrainadagi davlat toʻntarishlaridan soʻng oʻtkazilgan referendumlar natijasiga koʻra Rossiya hududiga aylangan. Referendumda Qrimdagi 96,77 % , Sevastopoldagi 95,6 % aholi hududning Rossiya tarkibiga oʻtkazilishini soʻragan. Ukraina avvalgidek Qrimni oʻziniki deb biladi. Rossiya hukumati bir necha marotaba Qrim aholisi demokratik yoʻl bilan, xalqaro huquq va BMT Nizomiga koʻra Rossiyaga qoʻshilish haqida ovoz berganliklarini taʼkidlagan. Rossiya prezidentining aytishicha, Qrim masalasi “batamom yopilgan”.
Yangiliklar lentasi
0