Rossiya Polshani YeXHTni parchalashda aybladi

© Sputnik / Press-slujba MID RFOfitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova, arxivnoe foto
Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Zaxarova: Polsha YeXHT va Yevropada butun xavfsizlik tizimini yo‘q qilmoqda.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyaning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) vazirlar kengashida ishtirok etishini rad etish bilan, Polsha ushbu tashkilotning o‘zini yo‘q qilmoqda, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
“Gap faqatgina davlat sifatida Polsha haqida ketmayapti, balki YeXHTga raislik qiluvchi va barcha a’zo davlatlar uchun teng ish sharoitlarini ta’minlashi kerak bo‘lgan mamlakat sifatida bormoqda. Polsha tashkilot tizimiga, Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlikka zarba berapti”, - dedi Zaxarova jurnalistlarga.
Uning eslatishicha, YeXHT turli mamlakatlar va turli nuqtayi nazarga ega siyosatchilar uchun muhokama maydoni sifatida yaratilgan.
“Bugungi kunda Polsha raisligi aslida bu muzokaralar platformasini yo‘q qilmoqda”, - dedi Zaxarova.
Avvalroq YeXHTning amaldagi raisi Polsha Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining (YXHT) 1-2 dekabr kunlari Lodz shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida ishtirok etishini rad etgani haqida qaror qabul qilgani ma’lum bo‘lgan edi. YeXHT Vazirlar kengashidagi Rossiya delegatsiyasiga YeXHTdagi doimiy vakili Aleksandr Lukashevich boshchilik qiladi.
Yangiliklar lentasi
0