Yaponiya imperatori Aziz Abduhakimovni oliy darajali orden bilan mukofotladi

© Minturizma UzbekistanaImperator Yaponii nagradil Aziza Abduxakimova ordenom visshey stepeni
Imperator Yaponii nagradil Aziza Abduxakimova ordenom visshey stepeni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosariga oliy darajali ordenni Yaponiya imperatori Naruxito shaxsan topshirdi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. 9-noyabr kuni Tokiodagi Imperator saroyida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga “Chiqayotgan quyosh katta Kordon ordeni”ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
© Minturizma UzbekistanaImperator Yaponii nagradil Aziza Abduxakimova ordenom visshey stepeni
Imperator Yaponii nagradil Aziza Abduxakimova ordenom visshey stepeni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Imperator Yaponii nagradil Aziza Abduxakimova ordenom visshey stepeni
Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, an’anaga ko‘ra, ordenni Yaponiya imperatori Naruxito bosh vazir Fumio Kisida huzurida topshirdi.

“Aziz Abduhakimovning “Chiqayotgan quyosh katta Kordon ordeni” bilan taqdirlanishi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi e’tirof etilganini tasdiqlaydi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, bu orden 1875-yildan beri topshirib kelinayotgan bo‘lib, Yaponiyadagi eng qadimgi va “Chiqayotgan quyosh ordeni”ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0